Geografiya so'zining ma'nosi​

mixfix728 mixfix728    1   10.05.2021 12:58    13

Ответы
Знайка50000000 Знайка50000000  10.05.2021 13:00

Geografiya yoki joʻgʻrofiya (yunoncha Geo (γη) yoki Geya (γαια) — "Yer", hamda grafein (γραφειν) — "tasvirlamoq" yoki "yozmoq yoxud "xaritalamoq") — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi bilan ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194 yillarda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9— 10-asrlardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida „surati arz“, „etti iqlim“, „Kitob almasolik valmamolik“ („Mamlakatlar va masofalar kitobi“) iboralari qoʻllanilgan. 19-asrda va 20-asr boshlarida oʻzbek tilida Geografiya arabcha talaffuz bilan „jugʻrofiya“ shaklida yozilgan. Keyinroq Geografiya shakli rasmiy tus oldi. Hoz. davrda „Geografiya“ oʻrniga „Geografiya fanlari sistemasi“ iborasini qoʻllash ilmiy jihatdan toʻgʻriroqdir.

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Геометрия