Onaizor Bir juft chumchuq erta bahordan boshlab yangi in qurish
harakatiga tushdi. Oradan koʻp oʻtmay ona chumchuq tuxum
bosdi. Kunlar ketidan kunlar oʻtdi. Mana, nihoyat, ona chum-
chuq bolalarini uchirma qildi. Ular baland terak daraxti tepasida
shoxdan shoxga uchib oʻtishni oʻrganishardi. Palaponlarini mehr
bilan katta qilgan onasi sevinchini ichiga sig'dirolmay bolalarining
atrofida parvona boʻlardi. Ularni yer-u koʻkka ishonmaydi.
Ana, palaponning bittasi holdan ketib, yerga qulab tushdi.
Onasi o‘zini oʻqdek otib, bolasiga ko'makka keldi. Lekin, ne koʻz
bilan koʻrsinki, mushuk darhol hid olib qayoqdandir paydo
boʻldi-yu, yovuz niyatini amalga oshirishga oshiqdi. Ona chum-
chuq mushukning koʻzini moʻljalga olib oʻzini tashladi. Uning
harakati bekor ketmadi, bolasi oʻlimdan qutuldi. Yana „pirr“
etib, terak shoxiga chiqib oldi. Ammo onasi qanotini sindirib, bir
umrga majruh boʻlib qoldi...