TOPSHIRIQ. Quyidagi berilgan gaplar tarkibida kelgan frazeologik omonimlarni topib, ma’nolarini ayting. 1. Atrof-tevarakda ko‘chani boshiga ko‘tarib yurgan bolalarning shovqini tingan. 2. Jamila xola ham Hamida kelgunday bo‘lsa, “qizim—qizim” deb boshiga ko‘taradi. 3. So‘zni Juman Sariyev oldi. 4. Unsun akasini quchoqlab, har kun kelishga undan so‘z olib, quvonch bilan chol orqasidan ketdi. 5. Ayol kishiga qo‘l ko‘tarish erkakning ishi emas. 6. Ovozga qo‘yamiz... xohlasangiz, “Qarshi”ga qo‘l ko‘taring. 7. Kun yarimdan og‘ganda o‘ng qo‘lini menga qarab bir cho‘zdi-yu, ko‘z yumdi. 8. Nima uchun bu haqiqatdan ko‘z yumasiz? 9. Men ham sizday haqqoniy bo‘lishga so‘z beraman. 10. Kun tartibi tasdiqlangandan keyin, axborot uchun so‘z o‘rtoq Ubaydullayevga berildi. 11. Keyin pista ko‘mir solib, quvurga maxsi kiydirib, dam berdi. 12. ...harsillab qolgan ho‘kizlarni qo‘shdan chiqarib, dam berdi. 13. Gapiraversa, og‘zimiz ochilib qolibdi. 14. Na ona, na qizlar ota oldida Ahmad haqida og‘iz ocholmas edilar.