Tog'larda o'sadigan usimliklar​

zhansaya77 zhansaya77    3   25.11.2020 15:23    1

Ответы
Мария178930 Мария178930  25.12.2020 15:46

Oʻzbekiston togʻlarini archalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Ular togʻlarimizning koʻrki boʻlibgina qolmay, togʻ yon bagʻirlarini eroziyadan saqlashda ishonchli omildir. Archalar juda uzoq — 300-700, hatto 1000 yillar mobaynida oʻsib rivojlanadi. Keng bargli daraxtlardan zarang, olma, nok, olcha, doʻlana, qatrongʻi, pista, bodom, yongʻoq, oq qayin, tol, terak, shumtol va hastakar koʻp tarqalgan. Ular koʻpincha mustaqil guruhlarni tashkil qiladi. Togʻlardagi mevali daraxtlar mevasidan odamlar va hayvonlar oziq-ovqat sifatida foydalanadi.

U yerlarda daraxtlar bilan bir qatorda turli oila va turkumlarga mansub butalar koʻp. Ular alohida-alohida guruhlar hosil qilib yoki daraxtlar bilan aralashgan qolda oʻsadi. Uchqat, naʼmatak, zirk, irgʻay, tobulgʻa, chiya, qizilcha kabi butalar keng tarqalgan. Togʻ sharoitida oʻsishga moslanish darajasiga monand ravishda koʻp yillik oʻtlardan yovvoyi beda, marmarak, shashir, rovoch, kiyikoʻt, choyoʻt, zira, qiziltikan, lola, shirach, turli boshoqli, dukkakli va piyozli oʻsimliklarga damba-dam duch kelish mumkin. Bu oʻsimliklar orasida dorivor, efir moyli, oziq-ovqat, yem-xashak va boshqa maqsadlarda foydalaniladiganlari talaygina. Shuningdek, muhofazaga muhtojlari Oʻzbekiston Respublikasining „Qizil kitobi“ga kiritilgan.

Объяснение:

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы