Можете написать сочинение о фруктах и овощах на узбекском​

Neymar3110 Neymar3110    2   19.10.2019 04:38    3

Ответы
Matannoob Matannoob  10.10.2020 07:55

Har bir inson qandaydir ovqat bilan ozuqlanadi. Kimlargadir sho'rva, kimlargadir mastava yoqadi. Ammo, meva va sabzavotlarga ba'zilar e'tibor bermaydi. Meva va sabzavotlarni har kun iste'mol qilish kerak. Ulardagi vitaminlar bizning immunitetimizni oshiradi, sog'lig'imizni yaxshilaydi, kayfiyatimizni ko'taradi. Mevalardagi ta'm sabzavotlarda bo'lmasa ham, sabzavotlar ham bizning organizmimizga juda kerak hisoblanadi. Sog'lom turmush tarzi kechiradigan har bir inson hech bo'lmaganda kuniga bir dona banan yoki olma yeydi. Har kuni sarimsoq iste'mol qiladigan odam hech qachon shamollamaydi, immuniteti har doim yuqori darajada bo'ladi. Yong'oq yegan odamning miyasi kun davomida ma'lumotni osonroq qabul qiladi. Bular faqat ba'zi meva va sabzavotlarning foydali taraflari. Har bir meva va sabzavot to'g'risida soatlab gapirish ham mumkin.

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы