"Ajdodlarimiz ruhi hamisha bizga yor" mavzusida matn tuzing. .

kotovich9292 kotovich9292    2   21.04.2020 16:16    337

Ответы
burdyugova48 burdyugova48  28.08.2020 10:55

Sobiq mustabid tuzum davrida xalqimizning yuzlab asl farzandlari nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan Toshkent shahrining Bo‘zsuv sohilidagi qarovsiz joy davlatimiz rahbari tashabbusi bilan obod ziyoratgohga aylantirildi. 2000-yilda bu yerda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bunyod etildi. Majmua tarkibida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil qilindi. 31-avgustni Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlash ezgu an’anaga aylandi.

Ushbu an’anaga ko‘ra 31-avgust tongida “Shahidlar xotirasi” xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizni yod etish marosimi o‘tkazildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

Mana shunday muborak joylarda, xalqimiz ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ming-minglab vatandoshlarimizni eslar ekanmiz, bugungi tinch hayot, musaffo osmon, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotishlar, sinov va mashaqqatlar evaziga erishganimiz xayoldan o‘tadi. Ular bir umr orzu qilgan, bugungi avlodga nasib etgan mustaqillik, erkin va farovon hayotning ahamiyatini teranroq anglaymiz

Объяснение:

Mana sizga "Ajdodlarimiz ruhi hamisha bizga yor" haqida matn

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы