Sobir Raximov haqida ma'lumot
Iltimos insho bo'lsa ham mayli​

kazanetov kazanetov    2   17.01.2021 20:42    0

Ответы
nfyrb2014 nfyrb2014  16.02.2021 21:43

Sobir Umar oʻgʻli Rahimov (25-yanvar 1902-yil — 26-mart 1945-yil)[1] — harbiy arbob, general-mayor (1943), millati — qozoq. 1925-yilda Bokuda Birlashgan harbiy maktabni va 1930-yilda komandirlar sostavi malakasini oshirish kursini tugatgan. 1932—38-yillarda va 1940-yildan armiyada. 1941-yildan frontda. Bosh shtab harbiy akademiyasining jadallashtirilgan kursini tugatgan (1943). Ikkinchi jahon urushida Janubiy frontdagi motorlashtirilgan polk komandiri, Zakavkazye frontida oʻqchi diviziya komandiri. 1-Belorussiya fronti qoʻshinlari tarkibida Baranovichi, Slonim, Belostok, Graudens va boshqa shaharlarni, Belorussiya va Polshani ozod qilishda qatnashgan. Rahimov komandirligidagi 37gvardiyachi oʻqchi diviziya (2Belorussiya frontining 65armiyasi) 1945 yil Sharkni Pomeraniya operatsiyasida oʻrnak koʻrsatgan: diviziya oʻsha yilning mart oyi oxirida Gdinya va Dansig sh.larida dushmanning yirik guruhlarini tormor etishda qatnashgan. Diviziya 1eshelonda hujum qilib, armiyada 1boʻlib Boltiq dengizi sohiliga chiqqan va Dansig koʻchalarida jangni boshlab yuborgan. Rahimov ogʻir yarador boʻlib halok boʻlgan. 1965 yil 6 martda Qahramon unvoni berilgan. Urushdan keyin Rahimov xoki Toshkentdagi qabristonga qoʻyilgan. Toshkentda tuman, metro st-yasi, bir necha maktabga Rahimov nomi berilgan. Rahimov xaqida „General Rahimov“ badiiy filmi yaratilgan (1967). Toshkent shahrining Sobir Rahimov tumanida haykal oʻrnatilgan

Объяснение:

Вот

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы