Напишите мини сочинения burch nima?

yakirill0109200 yakirill0109200    3   03.10.2019 00:20    3

Ответы
Vikos009 Vikos009  09.10.2020 12:48

Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, elyurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. B.da obʼyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. B.ning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. B. iymoneʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. B. qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy B., ijtimoiy B., umuminsoniy B. va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy B., oilada otaonalik B.i, farzandlik B.i va boshqa B. lar bor. B. nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi B.i yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy B. esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yaiada uygʻunlashmoqda. OnaVatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli B. hisoblanadi.

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Математика