Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-masala. Gʻoʻza oʻsimligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda,
tola rangi esa qoʻngʻir va oq boʻladi. Shoxning cheklanmagan tipda boʻlishligi
cheklangan tipda boʻlishligi ustidan toʻliq, tolaning qoʻngʻir rangda boʻlishligi
esa oq rangi ustidan toʻliqsiz dominantlik qiladi.
1) Cheklanmagan shoxli, qoʻngʻir tolali gʻoʻza oʻsimliklari cheklangan shoxli,
oq tolali oʻsimliklar bilan chatishtirilganda F, da olingan oʻsimliklarning
hammasi cheklanmagan shoxli va novvotrang tola bergan. F, oʻsimliklari oʻz-
oʻziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa, ularning fenotipi qanday boʻladi?
Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang.
2) F, da olingan oʻsimliklar cheklangan shoxli va oq tolali oʻsimliklar bilan
chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan oʻsimliklarning genotipi va fenotipini
aniqlang