Larning din u divonatiga past nazar bilan mensimay qaratar edi Bu mavzularda ilmiy yoki badiiy izlanishlar olib borish qattiq
ta'qib etilar. jodkorlar ayovsiz tanqid ostida qolardilar O'zbe
kiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o'zi
ning «Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch» asarida ta'kidlaga
nidek: «Bularning barchasi zamirida sovet mafkurasiya xos bo'l
gan, odamzodni tarixiy xotira, Vatan tuyg'usidan judo qilishga
qaratilgan g'aradi intilishlar mujassam ekanini anglash, tushu
mish qiyin emas»> (92-bet) edi.
«Yetti zog'ora qissasi» asarini o'qir ekansiz, ona tilimia
o'zbek tilining qanchalar boy va shiraliligi, u orqali chizilgan
tabiat va inson manzaralarining naqadar tiniqligiga ham guvoh
bo'lasiz.
Muallithing badiiy mahoratini yuqoridagi mo'jaz hikoya ham
yaqqol ko'rsatib turibdi. Toshtemirning buvasi o'z bolaligidan
xotira bo'lib qolgan hodisani aytib berar ekan, biz unda bir emas,
bir necha insonning takrorlanmas xarakteri bilan tanishamia
Avvalo, do'nan otiga xuddi o'z jigaridek o'rganib-bog'lanib
qolgan bola Baxshilla qalbidagi jonivorlarga shafqat va muhab-
bat hissi o'quvchiga ham tezda yuqadi. Agar Do'nanga Baxshil
laning ko'zi bilan qaralsa, uning «ot emas, odam» ekaniga
bemalol ishonsa bo'ladi. Do'nanning uxlab yotgan egasini
chaqmoqchi bo'lgan ilon boshini majaqlashi ham, boshqa otlar
dek o'rta ariqdan suv ichib ketavermay, Toshloqdagi buloq suvi-
nigina ichishi ham, xuddi odamlarga o'xshab yo'lning o'ng
tomonidan yurishi ham shundan dalolat. Voqealar rivoji Baxshil
lani suygan otidan, otni esa boladan ajratish aslo mumkin emas
ligini ishonarli isbotlaydi. Inson va hayvonot olami, yaratilishi
dan ona tabiatning bir-birini to'ldiruvchi, bir-biriga nihoyatda
muhtoj farzandlari ekanini yana bir bor dildan his qilamiz.
Baxshilla kimdandir, masalan, akasidan o'ch olish maqsadida
yoxud kimgadir, masalan, dadasiga achchiq qilib ovqat yeyish-
dan bosh tortmaydi, aslo. Uning hikoyasida «Hech ovqat tila-
may qo'ydi tabiatim, ishtaham bo'g'ilib qoldi, uch kunda qiltiriq
bo'lib qoldim, oyim qo'rqib ketdilar, oʻzim ham» degan muhim
48​

rezkova rezkova    3   16.10.2020 06:19    1

Другие вопросы по теме Литература