O'sha paytdagi O'zbekiston siyosiy rahbariyati ijtimoiy-ma'naviy sohada milliylikning har bir koʻrinishi "internatsionalizm" mohiyatiga yot ekanligini
isbotlashga urindi. Bu narsa oʻzbek tili, islom dini, milliy urf-odat va an'analar,
marosimlar, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol koʻrindi.
Qayta qurish siyosatining barbod bo'lishi. Mamlakatda boʻlgan qayta
qurish jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tuzilishida bir qator oʻzgarishlarni kelti-
rib chiqardi. KPSSning sovet jamiyatidagi rahbarlik va yetakchilik mavqeyiga
putur yetdi, saylov tizimini oʻzgartirish toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.
Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsatabozlikka aylanib, tub
demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirish va boshlangan islohotlarni oxiriga-
cha yetkazish imkoniyatini bermay mag'lubiyatga uchradi. Bu holatning sa-
bablari quyidagicha edi:
Birinchidan, Iqayta qurishning aniq va izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab
chiqilgan dasturi yo'q edi. Demokratiya va oshkoralik kabi shiorlar haqida
ko'p gapirilsa ham, amalda partiya siyosiy rahbariyati eski qarashlar girdobida
boʻlib, rahbarlikning demokratiyaga zid bo'lgan ma'muriy-buyruqbozlik usul-
laridan foydalanish davom etardi.