9. Quyida keltirilgan tasdiqlarning qaysilari isbotsiz qabul qilingan: 1) har qanday ikki nuqta orqali faqat bitta toʻgʻri chiziq o'tkazish mumkin;
2) yoyiq burchak toʻgʻri burchakdan ikki marta katta;
3) qo'shni burchaklar yig'indisi 180° ga teng;
4) har bir kesmaning faqat bitta o'rtasi bor;
5) har bir musbat son uchun uzunligi shu songa teng bo'lgan kesma mavjud.