TEST 1.Mustaqil so'z turkumlari necta?
a) 4 ta b) 6 ta c) 5 ta
2.Ot so'z turkumi qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
a) Kim?, nima?, qayer?
b) qanday?, qanaqa?,
c) qancha?, necha?, nechta?
3.Maqolni davom ettiring?O'zga yurtda shoh bo'lguncha,
a) ostonadan boshlanadi
b) yetti yil yig'lar
c) o'z yurtingda gado bo'l
4.Belgisiz qo'llangan tushum kelishigini aniqlang?
a) olma yemoq
b) uyga kelmoq
C) ukamni ko'rmoq
5.Sifat so'z turkumi berilgan qatorni toping?
a)Men kitob o'qidim
b) Ko'ylagimning rangi qizil
c) Do'stim maktabga kelmadi
6.Jo'nalish kelishigi berilgan qatorni toping?
a) O'qituvchimiz darsni boshladi
b) Bugun darsimiz erta tugaydi
c) Javonga kitoblarni joyladim
7.Qaysi qatorda mavhum otlar berilgan?
a) Daftar, qalam,kitob
b) bog', dala, adir
c) vijdon, sevinch, burch
8.Egalik qo'shimchalari qaysi so'zda berilgan?
a) Vatanim
b) maktabda
c) do'stlik
9.Sifat+ot so'z birikmasi berilgan qatorni toping?
a) Olma yedim
b) kitob o'qidim
c) yashil ruchka
10.Dona sonlar berilgan qatorni toping?
a) beshta, to'rtta
b) ikkinchi, to'rtinchi
c) beshovlon, yettitasi
11.Atoqli otlar berilgan qatorni toping?
a) Toshkent, Andijon
b) ota-ona, aka-uka
c) maktab,o'quvchi
12.Yasama shaxs otlarining qo'shimchalari qaysi qatorda to'g'ri yozilgan?
a) -low, -zor, -iston
b) -don, -gich, -oq
c) -chi, -kor, -bon
13.Bo'lishsizlik olmoshlari berilgan qatorni toping?
a) har kim, har qaysi
b) hech kim,hech nima
c) hamma, barcha, bari
14.Mavhum otlarning qo'shimchalari qaysi qatorda to'g'ri yozilgan?
a) -chi, -kor, -don
b) -oq, -ma, -lik
c) -lik, -ch, -inch
15.Unli harflar to'g'ri yozilgan qatorni toping?
a) a, i,e, u, o,o'
b) a, i,ng, sh,ch
c) a, e, ye, u, b
16.Alisher Navoiyning tug'ilgan yili to'g'ri berilgan qatorni toping?
a) 1441yil 9 fevral
b) 1443yil 9 fevral
c) 1445yil 9 fevral
17.Qaratqich kelishigi qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'ladi
a) -ni
b) -ning
c) - ga(-ka, -qa)
18.Zahiriddin Muhammad Bobur qachon qayerda tavallud topgan?
a) 1487yil Xindistonda
b) 1482yil Xirotda
c) 1483 yil Andijonda
19.Gumon olmoshi qatnashgan gap yozilgan qatorni toping?
a) Allakim eshikni taqillatdi
b) Do'stim yangi kitob oldi
c) Bugun yomg'ir yog'di
20.Sifat so'z turkumi deb nimaga aytiladi?
a) Predmetning nomini bildirib Kim? nima? so'roqlariga javob bo'ladi
b) Predmetning belgisini bildirib qanday?, qanaqa so'roqlariga javob bo'ladi
c)Shax va sonning sanog'ini bildirib nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'ladi

ENGPrO ENGPrO    2   27.01.2022 04:53    9

Другие вопросы по теме Другие предметы