Sharqda ustoz - shogirdlik an'anasi keng tarqalgan . Biror amaliy san'at turini yoki hunarni yaxshi o'zlashtirib olgan inson usta " deb ataladi . Ustozlar o'z bilimlari va hunarlarini shogirdlariga o'rgatadilar . Iqtidorli shogirdlar ushbu san'atning barcha sirlarini to'liq o'rganib , o'z ustalari bilan birga yurib , ustalariga har tomonlama to'liq o'xshashga harakat qiladilar . Bu an'ana necha asrlardan beri davom etib , avloddan avlodga o'tib kelmoqda . Ana shunday shogirdlardan biri usta Xirojiddin Muhiddinov edi . Yoshligidan cholg'u asboblar yasashga qiziqqan Xirojiddin usta Usnion Zufarovga shogirdlikka tushib , ulardan milliy cholg'u asboblarini yasash sirlarini o'rgandi va mashhur usta bo'lib yetishdi . Hozirgi kunda usta Xirojiddin yasagan dutor , tanbur . tor kabi cholg'u asboblari respublikamizning barcha viloyatlariga tarqalgan . San'atkorlar usta Xirojiddinni „ Benazir usta edi " , deb yodga oladilar . Bunday insonlar o'zlari yaratgan o'lmas asarlari bilan mangu barhayotdirlar НАЙДИТЕ ПРИЧАСТИЯ

миня миня    2   12.12.2020 13:52    2

Другие вопросы по теме Другие предметы