Qanotli do`stlarimiz. 1-aprel “Xalqaro qushlar kuni ” har yili YUNESKOning “Inson va Biosfera”
dasturi doirasida nishonlanadi. Sababi 1906 yilning 1- aprelida Qushlarni himoya qilish Xalqaro Konvensiyasi imzolangan. Bu kun faqat Konvensiya sanasimas, balki qushlarni qishlovdan qaytish vaqti hamda dunyodagi eng qadimgi an`analardan biri- chug`urchuq va boshqa qushlar uchun inlarni osish kuni hamdir.
O`zbekistonda qushlarning 432 turi hisobga olingan bo`lib, shulardan 63 turi O`zbekiston “Qizil Kitobi ” ga kiritilgan. Mamalakatimizda ushbu bayram O`zbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan 2007 yidan buyon nishonlanib kelinmoqda. Lekin ilgari ham bu bahorning kirib kelishini anglatgani hamda insoniyatning qanotli do`stlari sifatida uchub o`tuvchi qushlarning qaytishi keng nishonlangan. Darhaqiqat, qushlar azaldan insonlarnig do`sti sifatida qadrlangan, xalq orasida buni tasdiqlovchi rivoyat, hikoya va masallar talaygina. Hattoki qushlar hayot ramzlariga aylangan. Jumladan, laylaklar farovonlik, xumo qushi esa tinchlik ramzi sifatida e`tirof etilgan. Yana uchub o`tuvchi turnalarning baland- past uchishi yilning qanday kelishini, yoki qaldirgoch in qurgan xonadonlar fayzli, barokali bo`lishini anglatgan. Qushlarning hatti- harakatlariga qarab, ob-havo to`grisida ham ma`lumotga ega bo`lishgan. Masalan, chumchuqlar gala- gala bo`lib uchushsa, ob-havo ochiq va quruq, zog`chalar gala- gala bo`lib uchishsa yoki qaldirg`och pastlab uchsa, yomg`ir yog`adi deb bashoart qilishgan. Shuningdek, qushlarning qishloq ho`jaligidagi ahamiyati ham juda katta. Ular ekinzorlardagi hashoratlar bilan oziqlanib, insonlarga foyda keltiradi. Bunday qushlarga daraxt po`sloqlarini teshib, u yerdagi yirik hashorat va ularning lichinkalari bilan oziqlanuvchi oq qanotli qizilishtonni, uy hayvonlarining ustiga qo`nib olib, ulardagi va ekinzorlardagi hashoratlar bilan oziqlanuvchi olaqanot ( afg`on maynasi) kabilarni misol qilish mumkin.
Shu boisdan, Parkent Transport va servis KHK ining ekologiya yo`nalishi talabalari “Qanotli do`stlarimiz” mavzusida ko`rgazmali tadbir o`tkazdilar. Tadbirda o`zlarining qushlarni muhofaza qilishga qaratilgan turli ijod namunalarining ko`rgazmali namoyishi orqali kollej talabalarini qushlar, turlarining turkumi, qushlarni asrashning ahamiyati bilan tanishtirdilar. Tadbirda oldindan e`lon qilingan tanlovlar orqali g`oliblar aniqlandi va sovrinlar bilan taqdirlandi. Tadbir so`ngida talabalar tomonidan yasalgan qush inlari tabiat qo`yniga, daraxtlarga osildi.
Parkent Transport va servis
kasb- hunar kolleji o`qituvchisi

mishishinatany mishishinatany    1   25.11.2021 07:27    1

Ответы
danilbondarenk2 danilbondarenk2  25.11.2021 07:30

уузбекииим что тут надо сделать ответь мне

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы