Orif Toxtashning hayoti va ijodi haqida yozing

mannanova0202 mannanova0202    1   22.09.2021 08:32    2

Ответы
orrection124433 orrection124433  27.11.2021 21:19

Orif To’xtash 1976 yilda Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Beshbola  qishlog`ida ziyoli oilasida tug`ilgan. Bolalik chog`laridan buyon ijod bilan shug`ullanib keladi. 5-sinfda o`qib yurgan  kezlarida O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov mashqlari bilan tanishib, bolalar gazetasi orqali  “Bolakay shoir” nomi bilan oq yo`l tiladi. Shundan so`ng  1988 yilda Do`rmonda o`tkazilgan ijodkorlarning V seminarida eng yosh ishtirokchi sifatida qatnashdi.  

Bugunga qadar she’riy turkumlari “Har doim bo`lsin quyosh” (1988 yil), “Boychechak” (1989 yil), “Dovon oshgan avlodlar” (1990 yil), «Oltin belanchak» (2001 yil), «Zarband» (2002 yil), «Vatanim, deb seni, uyg`ondim» (2003 yil) va shu kabi ijodiy  bayozlardan o`rin olgan. «G’unchalar tabassumi» (1991 yil),  «Quyosh yo`li» (1995 yil) hamda «Ko`ngilga tashrif» (1998 yil)  deb nomlangan alohida she’riy to`plamlari chop qilingan.  

Orif To’xtash 1993-1998 yillar davomida Samarqand Davlat universitetida jurnalistika ixtisosligi bo`yicha tahsil olgan. 1997 yil Respublika Ulug`bek jamg`armasi mukofoti laureati bo`lgan. U O`zbekiston  Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.  

U dastlab 1998 yil O`zbekiston Milliy Axborot agentligi  nashrida ish boshlagan. Keyinchalik turli nashrlarda, ijodiy  uyushmalarda faoliyat ko`rsatdi. Ayni paytda O`zbekiston  milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston» teleradiokanalida  bo`lim boshlig`i vazifasida xizmat qilib kelmoqda.

Объяснение:

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы