Oʻzbek tili
9-sinf
1-BILET
1. “Bu yurt barchamizninki” matnini oʻqing va mazmunini soʻzlab bering.
2. Millat, doʻstlik, teng, mustahkamlanmoq, barchamiz soʻzlari ishtirokida
gaplar tuzing.
3. Oxirgi oʻqigan kitobingiz haqida soʻzlab bering.
2-BILET
1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oʻqing va mazmunini soʻzlab bering.
2. Berilgan soʻzlarning qarama-qarshi ma’nodagisini yozing.
Chidamli, rostgoʻy,
tozalik, doʻstlik,
saxiylik, botirlik .
3. “Yetti oʻlchab, bir kes” maqolining mazmunini tushuntirib bering.
3-BILET
1. “Inson qadri bilimda” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob
bering.
2. Qanday ish qogʻozlarini bilasiz? Sababsiz oʻqishga kelmasa qanday rasmiy xat yoziladi.
3. Nega suv – hayot manbai deyiladi? Gapirib bering.
4-BILET
1. “Inson yaxshilik uchun yaratilgan” matnini oʻqing va mazmunini soʻzlab bering.
2. Qavs ichidagi fe’llardan mosini qoʻyib, gaplarni yozing.
Bu avtomobillardan Oʻzbekiston aholisi keng (qoʻllamoqda, foyda-
lanmoqda).
Aholining turmush tarzi yaxshilanganidan dalolat (etiladi, beradi).
3. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz? Soʻzlab bering.
5-BILET
1. “Bosh qomusimiz” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.
2. Berilgan gaplardagi olmoshlarni belgilash olmoshlari bilan almashtirib
yozing.
Biz tinchlik istaymiz. .
Biz bu kitobni oʻqib chiqdik.
Bu gap oʻzimizga tegishli.
3. Kitob oʻqishning fazilati haqida gapirib bering.
6-BILET
1. “Mehnat – mehnatning tagi rohat” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.
2. Berilgan soʻzlarni boʻgʻinga ajratib koʻrsating: Respublika, tinchlik,
bunyodkorlik, muqaddas, ta’lim, jur’at, muvаffaqiyat, iste’mol, tejamkorlik,
koʻpincha.
3. Mobil telefonining foydali va zararli tomonlarini tushuntirib bering.
7-BILET
1. “Suv hayot demakdir” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.
2. Quyidagi soʻzlardan kim? nima? qayer? soʻroqlariga javob boʻladigan
soʻzlarni alohida ustunga ajratib yozing. Oʻzbekiston, oʻqituvchi, teatr,
kompyuter, viloyat, togʻ, kitob, koʻcha, avtobus, shifokor, shoir, gazeta, litsey.
3. Oʻzbekistonning mashhur sportchilari haqida ma’lumot bering.
8-BILET
1. “Burch” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.
2. Ish qogʻozlaridan ―Tabriknoma matnini yozing.
3. Vatanparvarlik deganda nimani tushunasiz? Fikringizni bildiring.
9-BILET
1. “Milliy sport” majmuasi matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga
javob bering.
2. Berilgan gapni tarjima qiling. Men tarixiy asarlarni oʻqishni yoqtiraman.
3. Quyidagi hikmatning mazmunini tushuntiring.
Yaxshilik qoʻlingdan kelmasa,
Yomonlik ham qilma
10-BILET
1. “Tabiat muvozanati - hayot muvozanati” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.
2. Baxillik, saxovat, ruhlanmoq, musavvir, tengdosh soʻzlarining tarjimasini yozing.
3. Shoira Rasulovaning “Mening tengdoshlarim” she’rini oʻqib, izohlab bering.
11-BILET
1. “Odob ziynati” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob
bering.
2. Berilgan soʻzlarni oʻqing. Hajm-oʻlchovni bildiruvchi sifatlarni alohida
koʻchiring.
Aqlli, shirin, yengil, katta, yoqimli, tor, kichik, qizil, yaxshi, uzun, xasis,
qisqa, xursand, qadimgi, keng, ingichka, achchiq, qalin, kalta, oq, yashil,
chaqqon, past, tinch, eski, qishki, ozgʻin, mehribon.
3. Alisher Navoiyning hikmatining mazmunini izohlang.
Haq yoʻlinda kim senga bir harf oʻqitdi ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.