Напишите этот текст с красивым почерком . Buyuk tarixchi bilan uchrashuv Xonaqoh hujralaridan birining oldidagi supachaga to`shalgan gilamcha ustida nuroniy bir mo`ysafid o`tiribdi. Uning oldidagi xontaxtada choynak-piyola, ikki-uch kitob turibdi. U piyoladagi choydan bir-ikki ho`plab, tizzasidagi kitobni o`qishga tutindi. Ko`chada bolalarning shovqini eshitildi. Mo`ysafid ko`zlarini kitobdan uzib, ko`chaga boqdi va bolalarni yoniga chaqirdi: — Qani bolalarim, bu yoqqa kelinglar-chi! Bolalar mo`ysafidning ovozini eshitib qochib ketishdi. Faqat birgina besh-olti yoshlardagi bola qoldi. Uning boshida oq sallacha, egnida yupqa, ixcham kamzul, oyog`ida etikcha. U chopqillab kelib qo`lchalarini ko`ksiga qo`ygancha salom berdi. — O`g`lim, oting nedur? — deb so`radi mo`ysafid. — Alisher, — dedi bola. — Maktabga qatnaysanmi? — Qatnayman. Bolaning o`zini tutishi, odobi mo`ysafidga juda yoqdi. — Men chaqirganimda o`rtoqlaring qochib ketdi. Sen esa huzurimga kelding. So`roqlarimga yaxshi javob qilding. Shuning uchun senga rahmat. Umring uzoq, boshing omon bo`lsin. Fozil bo`lib yaxshi obro`ga erishgaysan. Shu payt Alisherning otasi G`iyosiddin yetib keldi. U mo`ysafid bilan salomlashdi. Mo`ysafid Alisherni ko`p maqtab, duo qildi. Ota-bola mo`ysafid bilan xayrlashib, karvonsaroy tomon yo`l oldilar. Yo`lda Alisher otasidan bu mo`ysafid kimligini so`radi. — Bu kishi mashhur olim, tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiy bo`ladilar! — deya javob berdi otasi. U o`g`liga olimning xizmatlari, martabasi haqida so`zlab berdi. Bu uchrashuv 1447- yili Taft shahrida bo`lgan edi
держи заранее Прости если что-то будет не так