Mahmud Toirovaning hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi fikrlarni yozma bayon qilish.

faraon21 faraon21    3   30.01.2022 22:33    1

Ответы
Springtrap222134124 Springtrap222134124  30.01.2022 22:40

Объяснение:Shoir Mahmud Toirov 1952-yilning 31-avgustida Toshkent viloyatining Parkent qishlog’ida tavallud topgan. Mahmud Toirov 1959-yil Nizomiy nomidagi o’rta maktabga o’qishga kirib, uni 1969-yili tamomlaydi. Huddi shu yili Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining kechki bo’limiga o’qishga kiradi. Ayni paytda talabalar shaharchasidagi qurilish tashkilotida duradgor bo’lib ishlaydi. Kechki bo’limda o’qigani bois, 1971-1973-yillarda harbiy xizmatda bo’ladi. 1973-yili xizmatdan qaytib o’qishni davom ettiradi. Sobiq “Yosh gvardiya” nashriyotida musahhih va musahhihlar bo’limi boshlig’i bo’lib ishlaydi. 1977-yili universitetni tugatib, Respublika radiosining bolalar va o’smirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida mehnat faoliyatini davom ettiradi. 1984-yilda “Parkent tongi” gazetasiga muharrir etib tayinlanadi. 1999-yil iyun oyidan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo’limining mas’ul kotibi lavozimida ham ishlab kelmoqda. Mahmud Toirovning birinchi she’ri o’rta maktabning 7-sinfida o’qib yurgan kezlari “Tannoz kelur” nomi bilan Parkent tumanining “Sur’at” gazetasida e’lon qilingan.  Ilk to’plami “Ayt endi, yuragim” esa 1991-yilda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etildi. Shundan so’ng shoirning “Biz nechun uchrashdik” (1992-yil), “Muhabbat shevasi” (1995-yil), “Oqib ketgan armonlar” (1996-yil), “ Barmoqlar bodasi” (1998-yil), “Haqni tanib” (1999-yil) kabi to’planma va saylanmalari nashr etilgan. Shoirning “Oqib ketgan armonlar” va “Otamning o’kinchi” nomli dostonlari o’z samimiyati bilan o’quvchilar e’tiborini qozongan. Mahmud Toirov she’rlari respublikamizning o’nlab taniqli xonandalari ijrosida kuylanib kelinmoqda. Mahmud Toirov ijodi, mehnat faoliyati munosib taqdirlandi. 2001-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. 2005-yilda unga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы