Информация о животном мире в Узбекистане на узбекском языке.​

guara3 guara3    2   25.11.2020 19:25    4

Ответы
hoseokjkjk hoseokjkjk  25.12.2020 19:27

Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echki, ayiq, qoplon, quroquloq, silovsin, ilvirs, sirtlon, qunduz, manul, jayran, alqor, qushoyoq, koʻk sugʻur, olakoʻzan, ustyurt qoʻyi, buxoro qoʻyi, shomshapalak, tunshapalak Oʻzbekiston Respublikasi „Qizil kitobi“ga kiritilgan (2003).

Oʻzbekiston qushlarning 24 turkumga mansub 410 ga yaqin turi bor.Ulardan 184 turi chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Qushlarning 24 turi, jumladan, birqozon, jingalakdor birqozon, oq laylak, qora laylak, qizil gʻoz, vishildoq, oqqush, kichik oqqush, marmar oʻrdak, oqbosh oʻrdak, suvqiygʻir, qirgʻiy burgut, choʻl burgut, choʻl burguti, bolyatur, qumoy, ilonxoʻr burgut, mallabosh lochin, itogʻli, oq turna, oddiy tuvaloq, bizgʻaldoq, yoʻrgʻa tuvaloq, qorabovur, torgʻoq, osiyo loyxoʻragi, qum chumchuq va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan.

Объяснение:

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы