Iboralarni topib mazmunini izohlang. 1. Hoshimjonning shundan keyin burni osmonga ko‘tarildi. 2. Bolalar bog‘ni vaqtida
tozalashga bel bog‘ladilar. 3. Farzandining yomon xulqi ota-onaning boshini bukdi. 4. Karima
xola o‘ziga bino qo‘ygan bu yigitga uzoqdan qarab turardi. 5. Sobiq direktor otdan tushsa ham,
egardan tushmas edi. 6. Kechagi voqeadan bolalarning dami ichida edi. 7. Ko‘chamiz bolalari
bugungi g‘alabadan do‘ppisini osmonga otdi. 8. Ikkala dugonaning fikrlari bir joydan chiqdi.