Boburiylar — Hindistonda (1526—1858) hukmronlik qilgan turkiy sulola. Temuriylar sulolasining vakili, Amir Temur avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan. Chet ellarda, mamlakatimizda, hatto Hindistonda ham Boburni va uning avlodlarini "buyuk moʻgʻullar" deb atash odat boʻlib qolgan. "Buyuk moʻgʻullar" degan ibora Chingizxon va undan keyingi moʻgʻul qoonlari (Oʻqtoy qoon, Guyuk qoon, Munka qoon)ga taalluqli boʻlib, B. aslida Bobur avlodlaridir.