Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga fikrga mos tarzda kiritmalar, ilova birikmalar qo‘shing, gap bo‘laklarini uyushiq yoki ajratilgan bo‘laklar hisobiga kengaytiring. 1. ..., men «muboraknoma»ni o‘qitib ko‘rgan ekanman. (S.Ahmad). 2. Onajonim, ... men ham bir kun shavqqa to‘larman. (A.Oripov). 3. Bir ko‘rdim men uni - shunchalar go‘zal, oydan-da go‘zaldir, . . . go‘zal!» (Cho‘lpon). 4. Har birimiz o‘z maktabimiz, ... ... esladik. 5. Nahotki, u erta-indin uzoq ayriliq boshlanishini ... ..., yuragi ezilmaydi. (O). 6. Boyagi yigitning, ... qo‘li gul ekan. 7. Biz Toshkentdan janubga - ... tomonga qarab yura boshladik.