9-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni koʻchiring va gap boʻlaklarini aniqlang. 1. Men bilmasligimning bilimdoniman. Bilishga intilmaslik - uyat. (Abu Ali ibn Sino) 2. Kitobni tushunib mutolaa qilish kerak. Ba'zan tushunib mutolaa qilishning oʻzi kifoya qilmaydi. Fikrlar tez unutilishi mumkin. Bunday hollarda ayrim zarur fikrlarni yod olish kerak bo'ladi. (Abdulla Qodiriy) 3. Kitob bilan muomala odamlar bilan muomalaga tayyorlaydi. Ikkisi ham birday zarur (N. Karamzin) 4. Kitob - fikrning tolmas qanotlari. (Oybek)