Bu choyxonada meni mahliyo qilgan narsalarning biri kiraverishning shiftiga ilib qo‘yilgan katta, simlariga zarhal berilgan, har xil tumorlar, bayroqchalar bilan bezatilgan qafas va bu qafasdagi jonli to‘ti edi, o‘lib ketay agar, tirik to‘ti edi. Patlarining rang-barangligi Oysha chevarning ish qutisidagi ipaklarday tovlanar edi. Ko‘k, qizil, zangori, sariq, oq, pushti, jigarrang, go‘los, pistoqi – boring-chi, dunyoda qancha rang bo‘lsa, shu to‘tining patida bor edi.

G'afur G'ulom "Shum bola" asaridan tasviriy matn