5-topshiriq. Kattalarga murojaat qilishdagi xatolarni aniqlang. 1. Onajon, kechirasiz, eshitmay qoldim gapingizni qaytarib yuboring. 2. Dada, buncha gapni cho'zdingiz, maqsadga o'ting. 3. Aka onam toʻgʻri aytyaptilar, fikrlarini bo'lmang. 4. Shoshib turibman, sizni ma'ruzangizni eshitishga vaqtim yoʻq. 5. Nargiza xola gapiraveradi-da. 6. Dadajon, tushlik qildingizmi? 7. Boring, ishingizni qiling. 8. Yordamlashib yuboraymi? 9. Kerak boʻlsa, opamning oʻzi aytsin. 10. Siz bilan birga borsam maylimi? Oilangizda kattalarga qanday murojaat qilinadi? Dialog tuzing