440-mashq. Matndagi ravishlarni ajrating. Ularni oʻzi bogʻlangan soʻzlar bilan birga koʻchiring.
Boʻri ovni qo'lga kiritish ilinjida bor kuchi bilan quvar,
yetib olishga tirishardi. Kiyiklar esa jon talvasasida sahroning ich-
ichiga kirib borishardi.
Boʻri ta'qibi borgan sari kuchaydi. Kiyikcha toliqa boshladi.
Shu sababli ancha ortda qoldi. Ota-onasi unga qaramay qochishardi.
Kiyikcha ota-onasidan bir umr ajralib qolayotgandek his qildi
oʻzini. Nega bunday qilishyapti? Nahotki, rahmlari kelmasa,
qoldirib ketishga koʻngillari dosh bersa? Holiga achinishmasa?
Hay, biroz sekinroq yursalaring-chi? Butunlay toliqib qola-
yozdim-ku? Oyijon, otajon! Nahotki, menga qaramay ketib
qolsalaring? Picha sabr qiling, yetib olay! Tashlab ketmanglar!
(S. Ravshanov)