3- mashq. Gaplarni ko'chiring. Shakl-ko'rinishni ifodalovchi so'zlarni topib, tagiga chizing. 1. Yo'l qoidalari belgilari dumaloq, to'rtburchak va uchburchak bo'ladi. 2. Yengil avtomobilda qing'ir-qiyshiq yo'ldan yurish qiyin. 3. Baland-past tepaliklar orqada qoldi. 4. O'zbekistonda juda ko'rkam avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. 5. Metropoliten relslari tekis va silliq bo'lishi shart!