Ayol! Bu muqaddas so`zni tilga olarkanman, dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo onajonim ko`z o`ngimda gavdalanadi. Ayol, ona barcha so`zlar zamirida mislsiz, siz-u biz anglab yetolmas mazmun borki, bu haqda qancha fikr-u mulohaza yuritsak baribir oz. Ayol, barcha qayinchiliklarni yengadi. Ha, bu hayot haqiqati. Bu haqiqatni xech kim rad etolmaydi. Ayolning oiladagi o`rni haqida qancha gapirsak ham shuchalar oz deb o`ylayman.Oila bir kema bo`lsa, uni boshqaruvchisi esa ayol hisoblanadi.Odamzot ongli hayot boshlagandan buyon, ayollarga kuchli ixlos qo`yib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayol bu kabi ezozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan olamshumul ishlari bilan ulug`dir. Ayol! O`zbek ayolining qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o`tirish shart emas. Ne- ne azob-u uqubatlarga bardosh bergan Kumushbibi, Barchinoy kabi buyuk siymolarning timsoli hali- hanuz barchaning nigohida o`z aksini yo`qotgan emas. Erta sahardan issiq non yopgan, bolalarini yuvib- tarab, o`qishga, ishga kuzatadigan ham onadir. Bir qo`lida ketmon, bir qo`lida tesha ushlab tong saharlardan to kun botguncha dalada qolib ketgan, yana shuncha ishlar ozlik qilganday farzand tarbiyasiyu, turmush o`rtog`ining kechki yegulilarini hamda uning barcha injiqliklarini o`z o`rnida hal etguvchiham bu o`zbek ayoli. Eh -he ayol dunyoni larzaga solguvchi, qalblarni to`lqinlartiruvchi, olamni hayratga soluvchi va daryo suvlaridek qalbida mehr nuri mavjlanib oqguvchi ham o`zbek ayoliga xos-u mos xususiyatlardir.