Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. 2,3-dimetilbutanalning qaytarilishi natijasida hosil bo'lgan spirtní nomlang. 2. Formaldegid, sirka aldegid va butanal uchun taalluqli bo lgan xususiyat- ni yozing. 3. Kumush oksidning ammiakdagi eritmasi noma'lum aldegidning 6,6 g massasi bilan o'zaro ta'sirlashuvidan 32,4 g kumush ajralib chiqdi. Aldegidni aniqlang. 4. Etanol bug'ining havo bilan aralashmasi qizdirilgan mis ustidan o'tka zildi. Olingan organik mahsulot Cu(OH), bilan reaksiyaga kirishganda 115,2 g qizil cho'kma hosil bo ldi. Reaksiyada qatnashgan spirt massasini (g) aniqlang. 5. Noma' lum modda eritmasiga havorang mis() gidroksid qo'shib qizdi- rilganda, avval sariq rangli cho'kma hosil bo'lib, asta-sekin qizil rangga o'ta boshladi. Noma'lum moddani qaysi sinf vakili ekanligini aniqlang. 6.2.64 g alkanol natriy metali bilan ta sirlashganda 336 ml (n.sh) vodorod ajralishi, shuningdek, uning mis()) okSid bilan oksidlanishidan olingan mah- sulot kumush ko'zgu reakSiyasini berishi ma' lum. Alkanolning tuzilishini aniqlang. 7. Aldegidlar qanday moddalar bilan reaksiyaga kirishadi? 1) kaliy sulfat 2) kumush () oksidning ammiakdagi eritmasi 3) vodorod (katalizator; t') 4) mis(I)-gidroksid