Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. 2,3-dimetilbutanalning qaytarilishi natijasida hosil boʻlgan spirtni nomlang. 2. Formaldegid, sirka aldegid va butanal uchun taalluqli boʻlgan xususiyat- ni yozing. 3. Kumush oksidning ammiakdagi eritmasi noma'lum aldegidning 6,6 g massasi bilan oʻzaro ta'sirlashuvidan 32,4 g kumush ajralib chiqdi. Aldegidni aniqlang. 4. Etanol bugʻining havo bilan aralashmasi qizdirilgan mis ustidan oʻtka- zildi. Olingan organik mahsulot Cu(OH), bilan reaksiyaga kirishganda 115,2 g qizil choʻkma hosil boʻldi. Reaksiyada qatnashgan spirt massasini (g) aniqlang. 5. Noma'lum modda eritmasiga havorang mis(II) gidroksid qoʻshib qizdi- rilganda, avval sariq rangli choʻkma hosil boʻlib, asta-sekin qizil rangga oʻta boshladi. Noma'lum moddani qaysi sinf vakili ekanligini aniqlang. 6. 2,64 g alkanol natriy metali bilan ta'sirlashganda 336 ml (n.sh) vodorod ajralishi, shuningdek, uning mis(II) oksid bilan oksidlanishidan olingan mah- sulot kumush koʻzgu reaksiyasini berishi ma'lum. Alkanolning tuzilishini aniqlang. 7. Aldegidlar qanday moddalar bilan reaksiyaga kirishadi? 1) kaliy sulfat 2) kumush (1) oksidning ammiakdagi eritmasi 3) vodorod (katalizator; t') 4) mis(1)-gidroksid

led98918 led98918    2   03.02.2022 10:32    5

Другие вопросы по теме Химия