Химия в узбекском . Нужно решать хотя бы одну
1ta davr
2ta davr
3ta davr
a) Pd-103 ning Yarim yemirilish davri 17 kun, 34 kundan keyin
b) C-11 ning Yarim yemirilish davri 20 min, 20 minutdan keyin
c) Ag-211 ning Yarim yemirilish davri 7 soat, 21 soatdan keyin
2 . Berilgan yarim yemirilish davri va o'tgan kunlar asosida radioizotoplar uchun davrlar sonini hisoblang
1. 1ta davr
2. 2ta davr
3. 3ta davr
a) Ce-141 ning Yarim yemirilish davri 32,5 kun, 32,5 kundan keyin
b) F-18 ning Yarim yemirilish davri 110 min, 330 minutdan keyin
c) AU-198 ning Yarim yemirilish davri 2,7 kun, 5,4 kundan keyin
3. Texnetsium-99m a'zolarni skanerlash uchun eng qulay radioizotop hisoblanadi, chunki uning yarim yemirilish davri 6 soatga teng va u gamma yemirilishga uchraydi.
Tasavvur qilamizki, shu kun ertalab 80 mg texnetsiy namunasi olingan. Berilgan davr va vaqt ichida necha milligramdan texnetsiy-99m yemirilmay qoladi?
A. 1ta davr
B. 2ta davr
C. 18 soat
D. 24 soat
4. Radioaktivligi 12 mCi bo'lgan natriy-24 namunasi qon aylanish tizimida qon oqish tezligini o'rganish uchun ishlatiladi. Agar natriy-24ning yarim yemirilish davri 15 soat bo'lsa, har bir yemirilish davridan keyin ancha radioaktivligi qoladi?
A. 1ta davr
B. 30 soat
C. 3ta davr
D. 2,5 kun
5 Suyaklarni skaner qilish uchun ishlatiladigan stronsiy-85ning yarim yemirilish davri 65 kunni tashkil etadi.
A. Radioaktivligi boshlang'ich holatidan 4 barobarga kamaygandan keyin yana qancha vaqt o'z radioaktivligini saqlab qoladi?
B. Radioaktivligi boshlang'ch holatidan 8 barobarga kamaygandan keyin yana qancha vaqt u o'z radioaktivligini saqlab qoladi?
6. PET da yarim yemirilish davri 110 min bo'lgan Ftor-18ning izotopi ishlatiladi.
A. Soat 8:00 da 100 mg Ftor-18 izotopi radiologiya laboratoriyasiga keltirilgan bo'lsa, 110 minutdan keyin unung necha milligrammi radioaktivligini saqlab qoladi?
B. Soat 8:00 da 100 mg Ftor-18 izotopi radiologiya laboratoriyasiga keltirilgan bo'lsa, soat 1:30 radioizotopning necha milligrammi radioaktivligini saqlab qoladi? 7. Suyak va suyak tarkibiy qismlari kalsiy va fosfor tutadi.
A. Nima uchun suyak kasalliklarini davolashda kalsiy-47 va fosfor-32 iztoplari ishlatiladi?
B. Yadro sinovlarida hosil bo'lgan radioaktiv mahsulot - stronsiy-85 bolalar suyagi o'sishida zarar ko'rsatishi olimlarni havotirga qo'ygan. Nima uchunligini tushintirib bering.
8. Texnetsiy-99m faqat gamma nurlarni tarqatib parchalanadi.
A. Nima uchun diagnostik ko'ruvda aynan shu izotop ishlatilib, alfa yoki beta nur tarqatuvchi izotoplar ishlatilmaydi?
9. Politsitemiya (ortiqcha qizil qon tanachalarini hosil bo'lishi) bilan og'rigan bemor radioaktiv fosfor-32 ni qabul qiladi. Nima uchun bu izotop bemorning orqa miyasida qizil qon tanachalari ishlab chiqarilishini kamaytiradi?
10. Leykemiyani aniqlash diagnostika testida bemor selen-75 tutgan 4 ml eritma qabul qilishi kerak. Agar selen-75 ning radioaktivligi 45 mCi ni tashkil qilsa, aslida bemor muolaja vaqtida necha mikrokyuri nurlanishni oladi?
11. Dori idishida radioaktivligi 2,0 mCi/ml bo'lgan radioaktiv iod-131 bor. qalqonsimon bez testi uchun zarur “atom kokteyli” 3,0 mCi radioaktivlikka ega bo'lishi kerak bo'lsa , iod-131 eritmasidan necha millilitr talab etiladi?

Aytgbssh Aytgbssh    1   08.11.2020 20:50    3

Другие вопросы по теме Химия