1- amaliy ish “Galogenlar” mavzusi boʻyicha tajribaviy masalalar yechish
1. Xlorid kislota tarkibida vodorod hamda xlor ionlari mavjudligini
tajriba yoʻli bilan isbotlang. Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Sizga berilgan quruq tuz natriy xlorid ekanligini tajribalar yordamida
isbotlang.
3. Sizga berilgan probirkadagi eritmaning natriy yodid ekanligini
isbotlang.
4. Tajriba yoʻli bilan to'rt xil usulda rux xlorid tuzini oling.
5. Sizga berilgan quruq tuz namunasini bromid ekanligini isbotlang.
6. Sizga quruq tuz solingan 2 ta probirka berildi. Qaysi probirkada
NaCl, qaysi probirkada natriy karbonat borligini tajriba yoʻli bilan
aniqlang.