5-mashq. Gaplarni o'qing. Juft va takroriy so'zlarning ma o laridagi farqni tushuntiring.
1. Izzat-hurmatni ham, obro-e'tiborni ham inson til orqali
topadi. 2. Do'stim, yaxshi-yaxshi gaplardan gapiring. 3. Opa-
singillarning fe'li bir-biriga umuman o'xshamaydi. 4. Bilim
bitmas-tuganmas boylikdir. 5. Ota-onalar birin-ketin zalga kirib
kelishdi. 6. Shahrimizda baland-baland turar joy binolari qurib
bitkazildi. 7. Mehmonlarga sovg'a-salom tarqatildi.