III bob. Tekis aylanma harakat 2. Yoʻlda ketayotgan velosiped yoki avtomobil g'ildiragi harakatini yerga nisbatan aylanma harakat deyish mumkinmi? Nima uchun? 1. G'ildirak aylanishida 0,1 s davomida 1 rad ga buriladi. G'ildirak oʻqidan 5 sm, 10 sm va 15 sm uzoqlikdagi nuqtaning chiziqli tezligini toping. G'ildirak qanday burchak tezlik bilan aylanadi? 2. Velosiped g'ildiragining oʻqidan eng uzoq nuqtasi 0,02 s davomida 20 sm yoyni bosib oʻtdi. Velosipedning tezligini toping. 3. Soatning 30 mm uzunlikdagi minut mili uchi 10 minutda 30 mm uzunlikdagi yoyni bosib oʻtadi. Minut mili uchining chiziqli tezligi, burilish burchagi va burchak tezligini toping. 4. Agar 47-rasmdagi aylananing radiusi 1 m boʻlsa, 1 rad, 2 rad, 3 rad va 3,14 rad burchak qarshisidagi yoy uzunligi har bir hol uchun qancha boʻladi? 5. Istirohat bogʻidagi charxpalak savatlari aylanish oʻqidan 20 m uzoqlikda oʻrnatilgan. Charxpalak savati bir marta toʻliq aylanishiga 10 minut vaqt ketadi. Savatning chiziqli tezligi va burchak tezligi qancha boʻladi?

As337 As337    3   28.11.2021 18:07    0

Другие вопросы по теме Физика