1. Tayanchga mahkamlangan prujinaga 50 g massali jism osilgan. Jismga ta'sir etadigan ogʻirlik kuchi va prujinaning elastiklik kuchi oʻzaro muvozanatlash- ganda jismning og'irligi nimaga teng bo‘ladi? Ushbu va keyingi masalalarda g = 10 m/s² deb oling.
2. Prujina ustiga oʻrnatilgan tayanchga 80 g massali jism qo'yilgan. Muvozanat holatida jismning ogʻirligi nimaga teng bo'ladi? 3. Qoʻzgʻalmas holatdagi dinamometrga 200 g yuk osildi. Muvozanat holatida yukning ogʻirligi qancha? Elastiklik kuchi-chi? 4. Oʻzingizning massangizni bilgan holda tinch holatda turgan paytingizdagi ogʻirligingizni hisoblang.