Yuriy Alekseyevich Gagarin sovet uchuvchisi va fazogiri boʻlgan. 1961-yili 12-aprelda Vostok fazoviy kemasida Yer orbitasini aylanib chiqib, koinotdagi ilk inson boʻldi. Gagarin butun dunyoda tanilgan, koʻplab medal va ordenlar, jumladan, "Sovet Ittifoqi Qahramoni" ordeni bilan taqdirlangan. Gagarin keyinchalik Moskva yaqinida joylashgan Kosmonavt Tayyorlash Markazining boshliq oʻrinbosari boʻldi; ushbu markaz hozirda uning nomi bilan ataladi. Gagarin 1968-yili Mig 15 uchogʻini boshqarayotib, halokatga uchradi va vafot etdi.