Test savollari. 1.Orttirma daraja shaklidagi sifatlar berilgan qatorni aniqlang.
a)tim qora, qip-qizil, oqish
b)juda baland, g‘oyat yaxshi, eng kichik
c)sarg‘ish, ko‘kimtir, qoramtir
d)yumshoqqina, och yashil, to‘q ko‘k
2. Sadoqat qop-qora barmoqday- barmoqday mayizni yeya boshladi.Ushbu gapdagi sifat darajasini aniqlang.
a)ozaytirma daraja, fonetik usul
b)orttirma daraja, fonetik usul
c)orttirma daraja, fonetik-leksik usul
d)orttirma daraja, leksik usul
3. Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo‘llangan?.
a)Nomus jondan ham qimmatliroq.
b)Uning nazarida bundan ham suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo‘q edi
c)Mevasi yetilib pishganda sershira bo‘ladi.
d)Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi.
4. Qaysi qo‘shimchalar rang- tus sifatlarigagina qo‘shilib, belgining me’yordan ozligini ifodalaydi?
a)-mtir (-imtir), -ish
b)-mtir, (-imtir), -ish, -roq
c)-mtir, (-imtir)
d)-roq
5. Oddiy darajadagi sifatlar qaysi qatorda berilgan?
a)yam-yashil, oppoq, ko‘m-ko‘k
b)juda yaxshi, nihoyatda baland, g‘oyatda qo‘rqinchli
c)go‘zal, hushyor, odobli
d)silliqroq, novcharoq, baxtliroq
Topshiriq. Badiiy asardan og ‘zaki va adabiy so‘zlashuv uslubiga misol keltiring.(yozma ravishda bajaring)