составьте предложения с nechun sevaman, ko'zimga, muqaddas atayman, dunyoda tanho, o‘zga elda, ko‘z-ko‘z etaman, ardoqlayman tuprog'ini, yer yuziga teng, qashshoqmiding sen, sababini aytgin, shoirona go'zal,ta'zim qilaman​

faridudin faridudin    1   23.04.2021 18:46    0

Ответы
fhdhkfhydkfhs fhdhkfhydkfhs  23.04.2021 18:50

Men nechun sevaman O’zbekistonni,

Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.

Nechun vatan, deya yeru osmonin,

Muqaddas atayman, atayman tanho.

Aslida dunyoda tanho nima bor?

Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?

Yoki quyoshimi sevgimga sabab?

Axir quyoshli-ku, butun Osiyo.

Men nechun sevaman O’zbekistonni,

Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman.

Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,

O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan!

Aslida tuproqni odil tabiat,

Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng

Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat,

O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen?

Men nechun sevaman O’zbekistonni?

Sababini aytgin, desalar menga.

Shoirona, go’zal so’zlardan oldin,

Men ta’zim qilaman ona xalqimga:

Xalqim, tarix hukmi seni agarda,

Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,

Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,

Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?

Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin,

Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo,

Yurtim, seni faqat boyliklaring chun

Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!

Объяснение:

Bu so'lar A.Oripovning "Men nechun sevaman O'zbekistonni?!"she'ridan olingan. Yuqorida verilgan she'r aynan shu she'r. Bu she'rdan parcha O'zbekiston Respublikasidagi maktablarning rus sinflar uchun 8-sinf O'zbek tili darsligida berilgan.

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы