Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim qadim zamonda bitta chol bo'lgan ekan. U dehqonchilik bilan shug'ullangan ekan. Kunlarning birida u o'z yeriga bir sholg'om ekibdi. Bu sholg'om boshqalariga o'xshamaydiganday tuyulibdi. Ertasi kuni o'sha sholg'om katta bo'lib o'sib chiqibdi. Chol uni yerdan sug'urib olaman deb tortibdi, tortibdi, torta olmabdi. Keyin u kampirini chaqiribdi. Kampir ikkalasi tortishibdi, tortishibdi, sholg'om chiqmabdi. Kampir qizini chaqiribdi. Uchalasi tortishibdi, tortishibdi, sholg'om chiqmabdi. Qizi kuchukchani chaqiribdi. To'rttolovi birgalikda tortishibdi, tortishibdi, sholg'om chiqmabdi. Kuchuk mushukni chaqiribdi. Beshalasi tortishibdi, tortishibdi, sholg'om chiqmabdi. Mushuk sichqonni chaqiribdi. Sichqon, mushuk, kuchuk, qizi, kampir va chol sholg'omni tortishibdi, tortishibdi va sholg'om otilib chiqibdi. Chol sholg'omni kattaligidan uyiga sig'dira olmabdi. Bitta sholg'omning o'zi anchaga yetibdi. Shunday katta sholg'omni chol, kampir, qizi, kuchuk, mushuk va sichqon faqat birdam harakatlanibgina chiqara olishibdi. "Kuch - birlikda" deb bejiz aytishmagan.