Сказка колобок на узбекском языке

RoyaIHeII RoyaIHeII    3   13.11.2020 08:11    30

Ответы
renatamur200518 renatamur200518  13.12.2020 12:21

Ниже дана сказка


Сказка колобок на узбекском языке
Сказка колобок на узбекском языке
Сказка колобок на узбекском языке
Сказка колобок на узбекском языке
Сказка колобок на узбекском языке
ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Dimka621 Dimka621  13.12.2020 12:21

Qadim o`tgan zamonda chol bilan kampir yashagan ekan. Bir kuni chol kampiriga qarab:

– Menga bo’g’irsoq pishirib ber, – debdi.

– Unimiz yo’q-ku. Bo’g’irsoqni nimadan pishirib beraman? – debdi kampir.

– Suprani qoqib-sidirsang, bo’g’irsoqqa yetadigan un yig’ilib qoladi, – debdi kampiriga chol

Kampir suprani qoqib-sidirib bo’g’irsoqqa yetadigan un yig’ib olibdi. Kampir unni qaymoqqa qoribdi, zuvala yasab bo’g’irsoq qilibdi va pechga joylabdi.Bo’g’irsoq qizarib ,chiroyli bo’lib pishibdi. Kampir uni pechdan olib, sovitish uchun deraza oldiga qo’yibdi.Yotaverib-yotaverib zerikkan bo’g’irsoq asta dumalab derazadan so’riga, so’ridan yerga tushib, eshik oldiga kelib qolibdi.  Eshikdan dahlizga, dahlizdan pillapoyaga, pillapoyadan hovliga,  hovlidan saroyga, saroydan tashqariga chiqib yo’lga ravona bo’libdi. Bo’g’irsoq yo’lda dumalab ketayotib, bir quyonni uchratib qolibdi:

– Hooy bo’g’irsoq, bo’g’irsoq! Men seni yeyman, – debdi quyon.

– Meni yema, quyonvoy, men senga qo’shiq aytib beraman, – debdi bo’g’irsoq va qo’shiq ayta boshlabdi:

– Men bo’g’irsoq, bo’g’irsoq, supradagi un-urvoq.

Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo’p qordilar.

Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.

Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.

Eshit, quyon, bo’ldi bas, sendan qochish hech gapmas.

Bo’g’irsoq qo’shig’ini tugatishi bilan yana dumalab yo’lga tushibdi. Quyon esa nima bo`lganini tushunolmay qolaveribdi.

Bo’g’irsoq yumalayveribdi yumalayveribdi. Bir payt qarshisidan bo’ri chiqib qolibdi.– Bo’g’irsoq, bo’g’irsoq, men seni yeyman, – debdi bo’ri.

– Meni yema, bo’rijon, senga qo’shiq aytib beraman, – debdi va qo’shig`ini ayta boshlabdi:

– Men bo’g’irsoq, bo’g’irsoq, supradagi un-urvoq.

Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo’p qordilar.

Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.

Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.

Qochib ketdim quyondan.

Eshit, bo’ri, bo’ldi bas, sendan qochish hech gapmas!

Bo’g’irsoq dumalashda davom etib, bir pasta bo’ridan uzoqlashib ketibdi.

Yo`lida ketayotsa oldidan ayiq chiqib qolibdi.– Bo’g’risoq, bo’g’irsoq men seni yeyman, – debdi ayiq.

– Maymoqvoy, meni yeyishga senga yo’l bo’lsin, – debdi bo’g’irsoq va o’z qo’shig’ini ayta boshlabdi:

– Men bo’g’irsoq, bo’g’irsoq, supradagi un-urvoq.

Sidirishib oldilar, qaymoq qo`shib qordilar.

Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.

Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.

Qochib ketdim quyondan, qochib ketdim bo’ridan.

Eshit. ayiq, bo’ldi bas, sendan qochish hech gapmas.

U shunday kuylaganicha dumalab ketaveribdi. Ayiq bo’lsa, og’zini ochgancha anqayib qolibdi. Bo’g’irsoq dumalab ketaveribdi, ketaveribdi, shu payt oldidan tulki chiqib qolibdi.

– Salom, bo’g’irsoq, – debdi tulki. – Namuncha dum-dumaloq, qizarib pishgan bo’lmasang? Shu paytta qayoqqa dumalab ketyapsan?

Bo’g’irsoq tulkining maqtovlariga uchib, dumalashdan to’xtabdi va qo’shiq ayta boshlabdi:

– Men bo’g’irsoq, bo’g’irsoq, supradagi un-urvoq.

Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo’p qordilar.

Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.

Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.

Qochib ketdim quyondan, qochib ketdim bo’ridan.

Qochib ketdim ayiqdan.

Eshit, tulki, bo’ldi bas, sendan qochish hech gapmas.

Bo’g’irsoq yana dumalay boshlagan ekan, tulki unga shunday debdi:

– Qo’shig’ing buncha yoqimli bo’lmasa! Qarilik qursin, qulog’im yaxshi eshitmaydi, Sendan iltimos, shu qo’shig’ingni burnimga chiqib yana bir marta aytib bersang degandim. Eshitib bir maza qilay. Faqat qattiqroq ayt.

Bo’g’irsoq tulkining burniga chiqib kuylay boshlabdi:

– Men bo’g’irsoq, bo’g’irsoq, supradagi un-urvoq.

Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo’p qordilar.

Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.

Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.

Qochib ketdim quyondan, qochib ketdim bo’ridan.

Qochib ketdim ayiqdan.

Eshit, tulki, bo’ldi bas, sendan qochish hech gapmas.

– Rahmat, bo’g’irsoq, – debdi tulki unga. – Qo’shig’ing haqiqatan ham ajoyib. Qani edi uni yana bir marta eshitsam. Tilimga tushgin-da uni menga so’nggi marta aytib ber.

Bo’g’irsoq tulkining og’ziga sakrab tushibdi, tulki bo’lsa bo’g’irsoqni «xap» etib yeb qo’yibdi!

Объяснение:


Сказка колобок на узбекском языке
ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы