Sholg'om ertagi haqida ni qoshimchali gap tuzish​

aamelkumova933 aamelkumova933    3   22.10.2020 13:56    4

Ответы
ЖекаБРО16 ЖекаБРО16  21.11.2020 13:57

Bir bobo sholg’om ekibdi. Sholg’om judayam katta bo’lib, o’sib yetilibdi.

Bobo sholg’omni tortib olgani boribdi.  Tortibdi, tortibdi, lekin yerdan sug`urib ololmabdi.

Bobo buvini yordamlashgani chaqiribdi. Buvi boboni, bobo sholg’omni tortibdi-toritibdi, ammo sholg’om o’rnidan qo’zg’almabdi.

Buvi nevarasini chaqiribdi. Nevara buvini, buvi boboni, bobo sholg’omni tortishibdi-tortishibdi, bu safar ham uni olisholmabdi.

Nevara kuchukni chaqiribdi. Kuchuk nevarani, nevara buvini, buvi boboni, bobo sholg’omni tortishibdi-tortishibdi, biroq sholg’omni tortib olisholmabdi.

Kuchuk mushukni chaqiribdi. Mushuk kuchukni, kuchuk nevarani, nevara buvini, buvi boboni, bobo sholg’omni tortishibdi-tortishibdi, lekin tortib olisholmabdi.

Shundan so’ng mushuk sichqonni chaqiribdi. Sichqon mushukni, mushuk kuchukni, kuchuk nevarani, nevara buvini, buvi boboni, bobo sholg’omni tortishibdi-tortishibdi va oxiri nihoyat tortib olishibdi.

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
загадка28 загадка28  21.11.2020 13:57

Sichqon mushukni, mushuk kuchukni, kuchuk nevarani, nevara buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishibdi-tortishibdi va nihoyat tortib olishibdi.

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы