Навруз сочинение на узбекском языке больше 15 предложений или 30

fsdfsdfdsfsdfsdf fsdfsdfdsfsdfsdf    2   02.03.2020 07:45    18

Ответы
divaevaadila divaevaadila  11.10.2020 16:20

Navro’zi olamni biz barcha sharq xalqlari qatorida azal-azaldan, ming yillar davomida e’zozlanib kelayotgan, eng qadimiy va eng sevimli, haqiqiy umumxalq bayrami sifatida qadrlaymiz. Azaliy va abadiy bayram – Navro’z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini o’zida mujassam etgan, elimizning tabiati, ongu – tafakkuri va qalbiga, har bir oila va xonadoniga shodu - hurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir. Mana hozir yurtimizda bayromona kayfiyat jo'sh urmoqda. Qozonlarda sumalaklar qaynamoqda.

NAVRO’Z -  O’n ikki maqom. Navro’z (fors. - yangi kun) - shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni (Kalendar); O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an'anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21- yoki 22-mart), ya'ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to’g’ri keladi.  Navro’z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro’z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko’katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba'zi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navro’z bayramini o’tkazish o’troq dehqonlarda rasm bo’lgan, keyinchalik ular orqali yarim o’troq va ko’chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar o’tishi bilan turli xalqlarda Navro’z bayramini o’tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Navro’zni bayram qilish axomaniylar davridan boshlangan va O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. Bu o’lkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navro’z bayrami man qilingan, ammo xalq o’z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. O’rta Osiyo va Eron xalqlari arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davr (IX-X asr)dan boshlab, Navro’z bayramini o’tkazish yana rasmiy tus olgan. Qadimiy kitoblardagi ma'lumotlarga asoslanib, Abulqosim Firdavsiy o’zining «Shohnoma» asarida Navro’z bayramining paydo bo’lishini afsonaviy shoh Jamshid nomi bilan bog’laydi. Navro’z bayrami haqidagi ma'lumotlar Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqpardan qolgan yodgorliklar» va boshqa asarlarida, Umar Xayyomning «Navro’znoma» asarida uchraydi. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit-turk» asarida Navro’zga bag’ishlang’an xalq qo’shiqlari keltirilgan. O’rta osiyolik tarixchi olim Abu Bakr al-Narshaxiy (899- 959) o’zining «Buxoro tarixi» asarida Navro’z kuni Siyovush qabri boshida odamlar xo’roz so’yishlarini va bunga uch ming yildan ortiqroq vaqt o’tganini yozgan («Buxoro tarixi», T., 1966). O’rta Osiyo hududida Navro’z bayrami nishonlanganligi to’g’risida boshqa manbalarda ham ma'lumotlar bor.  O’zbekiston hududida yashagan xalqlar ham bu kunni yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan kutib olganlar. Bir necha kun ilgari tayyorgarlik ishlari boshlangan. Bug’doyni undirishga qo’yilgan va uning maysasidan sumalak tayyorlangan, ko’kat chuchvara, yalpiz somsa kabi taomlar pishirilgan, otchopar, uloq, kurash singari xalq o’yinlari, sayillar o’tkazilgan, bahor haqida qo’shiqlar kuylangan. Navro’zning birinchi kuni qishloq joylarida bolalar to’p-to’p bo’lib xonadonlar eshigi oldida Navro’zga bag’ishlangan qo’shiq aytishgan. Xonadon egasi ularni sovg’a-salom va yeguliklar bilan siylagan. Bolalar yeguliklarning bir qismini qishloqdagi beva-bechoralarga ulashishgan. Bu udum hozir ham Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim qishloqlarida saqlangan. Navro’z yangi yil bayramigina bo’lib qolmay, mehnat bayrami ham hisoblangan.Keltirilgan ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’rta Osiyoda ham Navro’z bayrami islom dini qabul qilinmasdan ancha ilgari rasm bo’lgan. Lekin, sobiq sovet tuzumi davrida (XX asr 80-yillar o’rtalaridan) asossiz ravishda Navro’z diniy bayram va marosimlar qatorida man qilindi. O’zbekiston va O’rta Osiyodagi boshqa mamlakatlar mustaqillikka erishgach, boshqa qadriyatlar qatorida Navro’z bayrami yana tiklandi. Hozir O’zbekistonda ham Navro’z umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi, 21-mart dam olish kuni deb e'lon qilingan. Har yili shu kuni respublikaning barcha viloyatlaridagi xiyobon va maydonlarda bayram sayillari tashkil qilinadi, konsertlar beriladi. Bir necha kun mobaynida mahallalarda Navro’zga bag’ishlangan tadbirlar o’tkaziladi, sumalak, halim va boshqa tansiq taomlar pishiriladi. Navro’z kunlari hokimliklar, mahallalarning faollari, xayr-ehson tashkilotlari - mehribonlik uylari bolalari, urush va mehnat faxriylari, yolg’iz keksalar huzuriga tashrif buyurib, ularni qutlab, sovg’a-salomlar ulashadi.

Объяснение:

Максимум что я могу. Больше ничего(((

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы