Oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri, maʼrifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida eʼtibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, oʻrganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yoʻlida sarf qilish zarurligini uqtirdi.
Alisher Navoiy ilm, maʼrifat haqida ajoyib fikrlarni olgʻa surdi. U aql, ilm insonning eng goʻzal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil oʻqish-oʻrganish kerak: “Yoshligingda yigʻgil bilimni, qarigach sarf qilgʻil ani”, degan shoirning oʻzi ham juda yoshligidan taʼlim oladi, oʻqishga beriladi. U yoshligidanoq koʻp sheʼrlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini bolalik chogʻlaridayoq qayta-qayta oʻqib, yod olgan.