Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yoʻlida xizmat qilgan keksalarni eʼzozlash maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam.
Ushbu ayyom kunlari bugungi tinch-osoyishta hayotga qanday ogʻir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yana bir bor chuqur his etamiz. Bu yoʻlda qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasiga taʼzim qilamiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 23-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida urush qatnashchilari holidan xabar olish, yurt tinchligi va ozodligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etishdek ezgu maqsadlar ifodasini topgan.