Mashq. Sharq tabobatiga oid quyidagi matnni o‘qing, gaplardagi bog‘lovchilarni toping. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan. «Yajur -veda» («Hayot haqidagi fan») dorivor o‘simliklar haqida yozilgan qadimiy hind kitobidir. Tibet tibbiyoti hind tibbiyoti yordamida rivojlandi. Mashhur «Djud-shi» («Shifobaxsh dori-darmonlar mohiyati») kitobi Tibet tibbiyotining asosini tashkil etadi. Xitoy tibbiyotining asoschisi bundan 3 ming yil oldin xoqonlik qilgan Shen Nung hisoblanadi. Uning kitobida o‘simliklarning sinonim nomlari, botanik ta’rifi, dori-darmonning ta’sir doirasi, qo‘llanishi ва retseptlar ro‘yxati keltirilgan.
Sharqning mashhur olimlari Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Mansur Buxoriylar ham tibbiyot fani rivojiga katta hissa qo‘shdilar.