Kamrarlik haqida 20 ta maqollar tezrooq iltimos​

АРТЕМІДА555 АРТЕМІДА555    1   06.12.2020 18:36    0

Ответы
danilnikitin624 danilnikitin624  05.01.2021 18:39

1)Kamtar bo'lding - gavhar bo'lding.

2)Kamtar bo'lsang, obro' ortar,

Manman bo'lsang, ensa qotar.

3)Kamtar bo'lsang, osh ko'p,

Manman bo'lsang, tosh ko'p.

4)Kamtar yetar murodga,

Manman qolar uyatga.

5)Kamtar kamolga yetar,

Besabr oyoqdan yitar.

6)Kamtar kerilmaydi,

Mol-dunyoga berilmaydi.

7)Kamtarga-kamol,

Manmanga-zavol.

8)Kamtarga egil,

Manmanga keril.

9)Kamtarlik-katta davlat.

10)Kamtarlik ko'kka ko'tarar,

Manmanlik yerga kiritar.

11)Katta yesang ham, katta gapirma.

12)Kekkayganga kekkaygin,

Boshin ko'kka yetguncha.

Egilganga egilgin,

Boshin yerga tekkuncha.

13)Kerilganning toyiga bor,

Maktanganning-uyiga.

14)Kekkayish terakka yarashar.

15) Kelinni kelar yilda ko'r.

16)Kekkayganga kekkaygin,

Enkayganga enkaygin.

17)Kelinni kelganda ko'r,

Sepinni yoyganda ko'r.

18)Kerilma g'oz,

Hunaring Oz.

19)Ko'kka boqqan yiqilar.

20)Manmanga-zavol, yomonga-ajal.

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы