Gaplarni ko‘chiring va uyushiq bo‘laklarni aniqlang.
1. U allaqachon yozib, chizib bo‘ldi. 2. Orqada turgan yoshgina
yigit, Mamadali, o‘zini odamlar orasiga urdi. 3. Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do‘kon qurdirdi. 4. Bugun va ertaga men navbatchilik qilaman. 5. Men ko‘rsatilgan stulga – to‘rga o‘tib o‘tirdim.
6. Quvonch va shodlikdan tili gapga aylanmas edi. 7. Shu farzandimning – ko‘zim qorasining – elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.
8. U shaharga o‘qish va ishlash maqsadida kelgan edi. 9. U charchasa ham, yiqilib qolgudek bo‘lsa ham yurishdan to‘xtamadi. 10. Men
sizga o‘n marta, yuz marta gapirdim.
(Har bir gap bo‘lagi gapda birdanortiq bo‘lishi mumkin.
Bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, gapdagi bir bo‘lakka bog‘langan
bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari deb ataladi. Bu bo‘laklar
o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi bilan boglanadi)