Berilgan gaplar asosida quyida berilgan topshiriqlarni bajaring. 1. Otlarning dupir-dupiri eshitildi. 2. Hassa to‘q-to‘q qilyapti. 3. Mahallada duv-duv gap. 4. Yoqimli shabada g‘ir-g‘ir esyapti. 5. Eshik ortidan shivir-shivir eshitilardi. 6. Kuzda mevalar hil-hil pishgan. 7. Bola yalt etib onasi tomonga qaradi. 8. Qizigan yoqqa suz sachrab jizz etib ketdi. 1-topshiriq. Gaplarni kuzating. 2-topshiriq. Qayd qilingan so‘zlar sirasini boyiting. 3-topshiriq. Mustaqil qo‘llanuvchi va mustaqil qo‘llanmaydigan, tovushga va holatga taqlidni bildiruvchi so‘zlarni alohida-alohida sharhlang. 4-topshiriq. Mustaqil qo‘llanuvchi va mustaqil qo‘llanmaydigan, tovushga va holatga taqlidni bildiruvchi so‘zlarni o‘zaro qiyoslang. 5-topshiriq. Mustaqil qo‘llanuvchi va mustaqil qo‘llanmaydigan, tovushga va holatga taqlidni bildiruvchi so‘zlarning umumiy va farqli tomonlarini toping. 6-topshiriq. Mustaqil qo‘llanuvchi va mustaqil qo‘llanmaydigan, tovushga va holatga taqlidni bildiruvchi so‘zlar haqida umumiy hukm chiqaring. 7-topshiriq. O‘rganilgan so‘zlarni ma‘nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari bilan munosabatlarini aniqlang. 8-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi so‘zlarni mustaqil ravishda og‘zaki shaklda sharhlang va ijodiy matn tuzing.