Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi.Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlgan. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari mehnatkash, mehribon ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.Birinchi marta respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. 1965- yilda shoirning „Mitti yulduz“ nomli birinchi she'rlar toplami chop etilgan.She'rlari: „Koʻzlarim yoʻlingda“ (1967), „Onajon“ (1969), „Ruhim“ (1971), „Qasida“ (1972), „Xotirot“ (1974), „Yurtim shamoli“ (1974), „Jannatga yoʻl“ (1978), „Hayrat“ (1979), „Hakim va ajal“ (1980) va boshqalar.